Новости

“Toza hudud” DUK tuman filiali faoliyati o‘rganildi

“Toza hudud” DUK tuman filiali faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati T.Berdiyarova tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Toza hudud” DUK Termiz tuman filiali faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, hududlarda sanitariya-tozalash ishlari, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ishchi xodimlar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, hududlar tozaligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Slide 1 of 3