Новости

Hududdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Hududdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov tomonidan deputat G.Turdiyeva hududidagi amalga oshirilayotgan qurilish ishlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar o‘rganildi.

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va obyektlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, qurilish obyektlarida ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. Hududni yanada obod qilish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3