Новости

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat G.Xudoyarova tomonidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Qabul jarayonida fuqarolardan biri ishga joylashish hamda farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish masalasida murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan fuqaroning holati atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.