Новости

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 17-Yoshlik saylov okrugidan saylangan deputat F.Xojmurotov tomonidan Yoshlik mahallasida suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan muddatlarda yetkazib berilmayotgani yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.

O‘rganish natijasida mazkur masala yuzasidan Zarbdor tumani gaz ta’minoti korxonasi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborilib, aholini suyultirilgan gaz bilan tasdiqlangan jadval asosida o‘z vaqtida ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 2