Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, 1-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.Aralov tomonidan Navro‘z, Do‘stlik hamda Shodlik mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar hududida obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ayrim hududlarda sanitariya talablariga javob bermaydigan umumiy foydalanishdagi hojatxonalar mavjudligi, noqonuniy qurilish holatlari hamda obodonlashtirish ishlari talab darajasida emasligi aniqlandi.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atroflarini tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash, noqonuniy qurilishlarning oldini olish hamda hududlarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya berildi.