Новости

12-may — Xalqaro hamshiralar kuni

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi tumanimizdagi barcha tibbiyot hamshiralarini bugungi 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Inson salomatligini muhofaza qilish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda hamshiralarning o‘rni va roli beqiyosdir. Sizlarning tumanimiz tibbiyot muassasalaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, kasbiy mahoratingiz va bemorlarga ko‘rsatayotgan yuksak xizmatingiz hamisha e’zozga loyiq.

Sizlarga mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik tilaymiz. El-yurt salomatligi yo‘lidagi sharafli xizmatingizda zafarlar yor bo‘lsin.