Новости

Deputatlik nazorati olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025 - 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-son Qarori ijrosi doirasida Amudaryo tumani “Besh tom” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 60-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati J.Ibragimov tomonidan amalga oshirildi.

“Besh tom” MFY hududida foydalanmasdan turgan binoda maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilib, hozirgi kunda hududda yangi zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish ishlari yakunlangan va topshirish dalolatnomalari tuzilmoqda.

Slide 1 of 3