Новости

Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Qodirov shahardagi “Shayxon” MFY hududida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

O‘rganish davomida hududdagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan asfalt yotqizish ishlari, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga amal qilinishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib borildi.

Shuningdek, aholiga yanada qulay sharoit yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4