Новости

Последние новости

🏃‍♀️ Sport — sog‘lom hayot va barkamol avlod garovi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh.Shokirova Bunyodkor mahallasida bo‘lib, aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.

📍 O`rganish davomida mahalladagi sport inshootlari, workout maydonchalari hamda ularning jihozlarining holati ko‘zdan kechirildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, muntazam sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

💪 Sog‘lom yoshlar — kuchli jamiyat! Shu bois sport maydonchalarining zamonaviy, xavfsiz va foydalanishga qulay bo‘lishi muhim.

🤝 Deputat tomonidan mavjud muammolarni o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sport inshootlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3