Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B.Jo‘rayev, shuningdek, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari K.Ortiqboyev va B.Xabibullayev ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Mallaboy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida hududda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya va obodonlashtirish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️ Toza atrof-muhit — sog‘lom hayot garovi. Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, ularni o‘z vaqtida olib chiqish va mahallamiz obodligiga befarq bo‘lmaslik — har birimizning vazifamiz.
Birgalikda harakat qilsak, Mallaboy — yanada toza va obod mahallaga aylanadi! 🌱