35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

🔰Deputat murojaatni o‘rgandi.

📌Jizzax shahar Kengashi deputati B. Toshpo‘latov tomonidan Jizzax shahridagi “Kaliya” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro M. Sattorovaning murojaati joyiga chiqqan holda, atroflicha o‘rganildi.

🔸O‘rganish davomida fuqaroning otasi vafot etganligi, oila boquvchisini yo‘qotganligi sababli ayni paytda moddiy va maʼnaviy ko‘makka muhtoj ekanligi maʼlum bo‘ldi. Xalq vakili va mahalla masʼullari tomonidan xonadonning ijtimoiy ahvoli ko‘zdan kechirilganda, oilaning chindan ham yordamga muhtojligi aniqlandi.

🔸Mazkur murojaat asosida aniqlangan holatlar bo‘yicha oilani qo‘llab-quvvatlash va fuqaroning o‘qishi uchun kontrakt pulini to‘lab berish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 2