35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi

 O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor mahallada istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan, ishsiz hamda doimiy daromad manbaiga muhtoj fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etishga qaratildi. 

Mahalla mas’ullari bilan birgalikda ehtiyojmand oila xonadoniga tashrif buyurilib, oila a’zolari bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti, bandlik holati, daromad manbalari, moddiy ehtiyojlari hamda tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyati o‘rganildi. 

Oila a’zolari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularning turmush farovonligini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2