35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

 “Ko‘kaldosh” ko‘chasida oqar suv tarmog‘i yangilanmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Babayev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan “Mustaqillik” mahallasi “Ko‘kaldosh” ko‘chasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishini ta’minlash maqsadida oqar suv tarmog‘ini yangilash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud oqar suv tarmog‘ining holati, uni yangilash va suvni xonadonlar tomorqalarigacha yetkazib berish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar aholi tomorqalarini o‘z vaqtida sug‘orish hamda yer maydonlaridan unumli foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega.

Mas’ullar tomonidan suv tarmog‘ini yangilash ishlarini sifatli amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini oqar suv bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazoratga olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4