Oila yarashtirildi, muammolar ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L. Rustamova bilan hamkorlikda bir oiladagi muammoli vaziyatni o‘rgandi.
O‘rganish davomida oilaviy kelishmovchilik sabablari atroflicha muhokama qilinib, oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Deputat M. Karimova tomonidan oilani yarashtirish, oilaviy muhitni barqarorlashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.