35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

6-BAND IJROSI: NAVRO‘Z MAHALLASIDA XONADONLARNING TOMORQADAN SAMARALI FOYDALANISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 1-bandi — mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi masalalari ijrosini o‘rganish doirasida hududlarda amaliy ishlar davom etmoqda.

🔎 Shu doirada tuman Kengashi deputati M. Pardayev, Kengash kotibiyati mudiri F. Xolmuratova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E. Turayev tomonidan Navro‘z MFYda yashovchi fuqarolarning xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏡 O‘rganish davomida xonadonlarda obodonlashtirish ishlari, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda oilaviy daromadlarni oshirishga qaratilgan faoliyat bilan yaqindan tanishildi.

🌿 Shuningdek, yoshlarni tomorqachilik, tadbirkorlik va boshqa daromadli faoliyat turlariga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

📌 O‘rganish jarayonida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2