Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, qonuniylikni ta’minlash va mavjud masalalarni o‘rganish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🔎 Shu doirada doimiy komissiya a’zosi Dilnoza Jabborova tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish bo‘linmasida bo‘ldi.
🤝 Tashrif davomida bo‘linmaning faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash jarayoni hamda hujjatlarni rasmiylashtirish yo‘nalishidagi ishlar bilan tanishildi.
📍 Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.