📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 23-Katta Qo‘yliq saylov okrugi deputati Zafar Alimovga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov hamda Akbarali Alisherov tomonidan "Katta Qo‘yliq" mahallasidagi Boshqaruv servis kompaniyasiga tashrif buyurildi.
❗️O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar aholisi foydalanayotgan chiqindi to‘plash maydonchasining sanitariya holati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi hamda hududni saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas'ul xodimlar bilan tegishli muhokamalar o‘tkazildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan ma'lumotlar deputatga axborot kiritish uchun tegishli tartibda rasmiylashtirildi.