"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasida Oboddiyor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Qiziltepa tumani Oboddiyor mahallasida "Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasida biriktirilgan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i U. Bobojonov hamda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari R. Ortiqov ishtirokida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aholining muammo va takliflari tizimli ravishda tahlil qilinib, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilindi.
Shuningdek, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holati o‘rganilib, ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.