35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi holati deputat nazoratida
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasida Oboddiyor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
Sessiya oldi o'rganishlar

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yilning 6 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi, shuningdek jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi aʼzolari hamda deputatlar tomonidan tumandagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligi, jamoat xavfsizligini taʼminlash, mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlashda olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar doirasida dastlab deputatlar Toshkentlik mahallasida joylashgan Ichki ishlar boshqarmasining tayanch punkti faoliyati bilan tanishdilar.

Unda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaat va chaqiruvlarni qabul qilish , ularga tezkor munosabat bildirish hamda xizmat faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar batafsil o‘rganilmoqda.

Slide 1 of 3