Deputat axborti: Saylovchilar bilan ochiq muloqot
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 24-“Bobotog‘” saylov okrugidan O‘zLiDeP fraksiyasi a’zoligiga saylangan deputat Jahongir Hasanov o‘z okrugiga qarashli “Tolto‘g‘ay” MFY saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida deputat saylovchilar oldida yarim yillik faoliyati yuzasidan atroflicha hisobot berdi. J.Hasanov o‘tgan davr mobaynida hudud drayveri hisoblangan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlari ahvolini yaxshilash hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvda nafaqat hisobot tinglandi, balki mahalla ahlini qiynayotgan dolzarb masalalar ham o‘rtaga tashlandi.
Saylovchilar tomonidan:
Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash,
Kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish,
Mahalla yoshlari va xotin-qizlar bandligini ta’minlash kabi masalalarda murojaat va takliflar bildirildi.
Deputat har bir murojaatni qat’iy nazoratga olib, ularning yechimi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishini hamda deputatlik so‘rovlari yuborilishini ta’kidladi.