Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova hamda kotibyat bosh mutaxassisi N.Azimovalar “Oʻrikzor” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishdi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, oilalarni mustahkamlash hamda muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning murojaatlari va takliflariga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Mahallalarda xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning faolligi va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada mustahkamlash borasidagi ishlar doimiy e’tiborda.