Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Xidirova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Bekobod tumani FHDYO bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida aholiga nikohni qayd etish, tug‘ilganlik, vafot etganlik va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, murojaatchilar uchun yaratilgan qulayliklar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari o‘rganildi.
Aniqlangan taklif va mulohazalar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qayd etildi.
🤝 Fuqarolarga qulay, tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ta’minlash — doimiy e’tibordagi ustuvor vazifalardan biridir.