Новости

Последние новости

DEPUTAT TOMONIDAN SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Ergasheva Mingchinor mahallasidagi T.Malik ko‘chasida olib borilayotgan shag‘allashtirish ishlari jarayoni bilan joyiga chiqib tanishdi.

O‘rganish davomida yo‘lni shag‘allashtirish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda qurilish jarayonining amaldagi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas'ul tashkilot vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlarning joriy holati yuzasidan ma'lumotlar tinglandi.

Deputat tomonidan mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganilib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlarning borishi kuzatib borildi.

Slide 1 of 4