35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi holati deputat nazoratida
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasida Oboddiyor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimovning saylov okrugi hududidagi "Do‘stlik" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish ishlari hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, ularni hal etish mexanizmlari hamda aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan istiqboldagi rejalar yuzasidan mahalla raisi va mahalla yettiligi a’zolari bilan o‘zaro fikr almashildi. O‘rganish yakunida hamkorlikni yanada kuchaytirish va mavjud masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2