Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashiga XDP partiyasidan deputat B.Qurbonov Jonqo‘ng‘irot MFY aholisi bilan uchrashdi. Fuqarolar hududdagi o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, xususan, yo‘l, elektr ustunlarining yaroqsizligi bo‘yicha deputatga murojaat qilishdi.
Deputat tomonidan "Deputat tashabbusi" sifatida ochiq byudjetda qo‘shimcha g‘olib deb tanlangan Suenli va Janqo‘ng‘irot MFYlar hududidagi 14-yo‘nalishli marshrut yo‘li qora qoplamali asfalt qilish loyihasi asosida yo‘lning qurilish-ta’mirlash ishlari yaqin kunlarda boshlanishini ta’kidladi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Torenov ishtirok etib 2026-yil davomida mahalla hududida amalga oshiriladigan obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.