Новости

Последние новости

янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat – yoshlar bilan doimiy muloqotda
янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Kotibiyat mudiri Sh.Kamalov boshchiligida «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolar ijobiy hal etildi

Kotibiyat mudiri Sh.Kamalov boshchiligida «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi muammolar ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash va ijro hokimiyati organlari ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.
✅ Buning yaqqol isboti sifatida, Kengash kotibiyati mudiri Sh.Kamalovning 26-«Neftchilar» saylov okrugi hududiga kiruvchi «Qirguli» mahalla fuqarolar yig‘iniga amalga oshirgan tashrifi doirasidagi topshiriqlar to‘liq ijro etilmoqda.
✅ Avval xabar berganimizdek, «mahalla yettiligi» faollari hamda hudud aholisi bilan o‘tkazilgan amaliy uchrashuvda yo‘l infratuzilmasi va tungi yoritish tizimlariga oid bir qator dolzarb muammolar o‘rtaga tashlangan va ularni bartaraf etish yuzasidan ijro hokimiyatining mas’ul tuzilmalariga qat’iy topshiriqlar yuklatilgan edi.
Berilgan topshiriqlar natijasi amalda:
Tungi yoritish tizimi to‘liq tiklandi: Kotibiyat mudiri aralashuvi hamda soha mutasaddilarining tezkor choralari natijasida aynan o‘sha kunning o‘zida hududga yangi tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish va ta’mirlash ishlari boshlanib, qisqa muddatda to‘liq ishga tushirildi. Bugungi kunda mahalla ko‘chalari tun oqshomlarida yorug‘ va xavfsiz holatga keltirildi.
Ichki yo‘llar bosqichma-bosqich asfaltlashtirilmoqda: Aholi uchun eng og‘riqli masalalardan biri bo‘lgan 1,5 kilometrlik ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish bo‘yicha moliyaviy manbalar aniqlanib, ayni kunlarda yo‘lsozlar tomonidan ta’mirlash ishlari reja asosida, bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli olib borilmoqda.
✅ Murojaatlarning ijobiy yechimi: Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir shaxsiy va jamoaviy murojaat Kengash kotibiyati mudirining bevosita ishtiroki hamda nazorati ostida qonuniy va ijobiy yechimini topmoqda.
✅ Ushbu amaliy harakatlar «Yangi O‘zbekistonda mahalla tizimini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish borasidagi islohotlar faqat qog‘ozda emas, balki har bir fuqaro hayotida o‘z aksini topishi shart», degan tamoyilning yorqin namunasidir. Hududdagi yakuniy obodonlashtirish ishlari shahar Kengashi deputatlarining qat’iy nazoratida davom etmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 8