Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatiga oid hujjatlar rasmiylashtirilmoqda
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

jarayon

📣 Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

✅ Sessiya ishini tuman Kengashi raisi D.Sh.Safarova olib bordi.

✅ Mazkur sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi, aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

2. Uzun tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi
 PF-17-son Farmoniga asosan tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida;

4. Uzun tumanida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ekopolitsiyaning Uzun tuman bo‘limi boshlig‘i X.Usmonovning hisoboti to‘g‘risida;

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori 7-bandining ijrosi to‘g‘risida;

6. Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan davlat kadastrlar palatasi Uzun tumani filialida korrupsiyaviy omillarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida;

7. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

8. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 21-“Nurli kelajak” saylov okrugidan saylangan deputat J.Jamuradovning deputatlik vakolatini arizasiga binoan muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida;

9. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2025-yil 12-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining Uzun tumanidagi ijrosi to‘g‘risida”gi  VII-6-21-8-118-K/25-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PQ-438-son qarorining tumanda ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

11. Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining 2026 yil 27 fevraldagi “Uzun tuman mahalliy budjetining 2026 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi VII-14-8-8-118-K/26-son qarori hamda 2026 yil 19 maydagi “2026 yil I choragi davomida Uzun tuman mahalliy budjeti daromadlari rejasining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi VII-16-31-8-118-K/26-son qarorariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

✅ Sessiya ishini tuman Kengashining Axborot xizmatining facebook tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz hamda o‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Slide 1 of 1