Deputatlar faoliyatiga oid hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Sodiqov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi G. Rahmatova hamkorlikda tuman Kengashi deputatlari faoliyatiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Jarayonda deputatlik faoliyatiga taalluqli hujjatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tizimlashtirilmoqda hamda amaldagi talablar asosida rasmiylashtirilmoqda. Mazkur ishlar deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish va hujjatlar yuritilishini tartibga solishga xizmat qilmoqda.