Новости

Последние новости

Sessiya masalasi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Zafar Umurzakov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Husan To‘rayev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Zarbdor tumanida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tumanning eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.

📍 O‘rganish davomida deputat saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan “Miramiller” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Korxonada ishlab chiqarish jarayonlari, eksport ko‘rsatkichlari hamda mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📈 Ma’lum qilinishicha, korxona tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 1,4 mln AQSH dollari miqdorida un mahsulotlari eksport qilinib, tumanning eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shilgan.

🤝Shuningdek, korxonada eksport hajmlarini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 6