Новости

Последние новости

Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi — doimiy e’tiborda. Tuman Kengashi deputati N.Ochilova, mutaxassis O.Nosirov hamda “Milliy tiklanish” DP raisi G.Sattorova hamkorligida “Beshariq” saylov okrugi hududidagi Oila shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida OSHPda yaratilgan sharoitlar hamda aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati yaqindan ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, uchrashuvda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi bunday tadbirlar davom etadi.
#MilliyTiklanish #hakorlik #DeputatNazorati #Tibbiyot
#ish_reja_ijrosi
#qonun_targ'iboti
#24_tavsiya_poasti

DEPUTATLAR_FAOLIYATI
Slide 1 of 8