Xotin-qizlar faoli faoliyati va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar muammolari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 10-Arabxona saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M. Muqimova Zarmetan mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, deputat mahallaga chiqib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi, ularning murojaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi.