Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatiga oid hujjatlar rasmiylashtirilmoqda
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.
янв.21
Tez tibbiy yordam markazi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Majburiy ijro byurosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tug‘ruqxona bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi
M.Eshtemirov mahallasi infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi: Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

M.Eshtemirov mahallasi infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi: Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

Bugun joylardagi muammolarni xonada o‘tirib emas, bevosita xalq ichiga kirib o‘rganish asosiy mezonga aylangan. Viloyat Kengashi mudiri Sh.Boyqulov hamda 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A.Avliyakulov aynan shu maqsadda M.Eshtemirov mahallasida ish olib bordilar.

Xalq vakillari hududdagi ichki yo‘llarni ko‘zdan kechirib, maktab o‘quvchilarining qatnov xavfsizligi bilan qiziqishdi. Shuningdek, aholini ko‘pdan beri qiynab kelgan elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yaqinda o‘rnatilgan beton ustunlar sifati ham e’tibordan chetda qolmadi. O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 5