Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Davlat Danayev Amir Temur mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binolarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi hamda obyektlarning o‘z muddatida foydalanishga topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, qurilish jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.