Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Davlat Danayev yosh tadbirkorlar murojaatlarini o‘rganish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Kadastr palatasi Shirin shahar bo‘limi boshlig‘i J.Ergashev bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidagi bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish masalasi muhokama qilindi.
Mazkur tashabbus yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
O‘rganishlar davomida yer maydonlarini qonunchilik talablari asosida ochiq va shaffof auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.