Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tomonidan O'rtaqo'rg'on mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI.
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
37-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi.
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
MUQIMIY BOG‘IDAGI EKOLOGIK HOLAT VA YASHIL MAYDONLARNI ASRASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Qo‘qon shahridagi “Muqimiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida ekologik holat, yashil maydonlarni asrash hamda amaldagi ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida deputatlar va jamoatchilik vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan bog‘ hududida olib borilgan monitoring natijalari ko‘rib chiqildi. O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining:
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi,
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi,
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida bog‘ hududidagi daraxtlar holati, yashil maydonlarning saqlanishi, ekologik me’yorlarga rioya etilishi, hududdagi tozalik darajasi hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

Komissiya a’zolari tomonidan bog‘ning ekologik holatini yanada yaxshilash, tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklarni oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qator takliflar ilgari surildi.

Xususan, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi:
Bog‘ hududiga 100 dona maxsus chiqindi qutisi o‘rnatish;
Radiouzel tarmog‘ini tashkil etish hamda ekologik madaniyatni targ‘ib qiluvchi audio e’lonlarni yo‘lga qo‘yish;
Tozalik va ozodalikka rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot tablolarini joylashtirish;
Bog‘ hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish va ular haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi belgilarni o‘rnatish;
Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
Chiqindi tashlash joylarini sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq moslashtirish;
Ekologiya bo‘limi hamda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda hududda ekologik nazoratni kuchaytirish;
Atrof-muhitni ifloslantirish holatlarining oldini olish va qonunbuzarliklarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish.

Yig‘ilishda alohida ta’kidlanganidek, Muqimiy bog‘i nafaqat dam olish maskani, balki shaharning ekologik muvozanatini ta’minlovchi muhim yashil hududlardan biri hisoblanadi. Shu bois bog‘dagi har bir daraxt, har bir yashil maydonni asrab-avaylash barchamizning umumiy vazifamizdir.

Deputatlar tomonidan ekologik masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda bog‘ hududida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qaror ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi va ushbu masala yuzasidan navbatdagi Kengash sessiyasida ham alohida axborot berilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4