Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tomonidan O'rtaqo'rg'on mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI.
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
37-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi.
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida mahalliy vakillik organlari faoliyati tahlil qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida muvozanatni taʼminlash hamda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

📝 Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar markazida “inson qadri”, “xalq manfaati” va “ochiq davlat boshqaruvi” tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Bu jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning o‘rni va masʼuliyati tobora ortib bormoqda. Deputatlar korpusi joylarda aholi muammolarini o‘rganishda, hududlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini nazorat qilishda, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda muhim siyosiy institut sifatida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, sessiyalarda ko‘rib chiqilayotgan masalalar mazmuni va sifatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

📁 Deputatlarning aholi bilan muloqotlari kengayib bormoqda.
Deputatlar tomonidan aholi bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolarning aksariyati ijobiy hal etilgani, davlat organlariga yuborilgan deputat so‘rovlari orqali qator masalalar yechim topgani mahalliy Kengashlarning taʼsirchanligi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

📉 Bundan tashqari, deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi asosida joylardagi loyihalar ijrosini o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔎 Uchrashuvda mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

🗣 Xususan, qarorlar qabul qilishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitishda tizimdagi muammoli masalalarning yechimiga, aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga eʼtiborni qaratish, Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlarning tashabbuskorligi va aholi bilan ishlash faolligini yana-da oshirish zarurligi taʼkidlandi.

💡 Muhokama davomida mahalliy vakillik organlari, deputatlar ishini yanada samarali tashkil etish yuzasidan Kengash raislari va deputatlarning fikr-mulohazalari eshitildi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 10