Новости

Последние новости

янв.21
Kambag‘allik reyestridagi oilalar holidan xabar olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 16-Oboddiyor saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati G.O‘roqova, "Adolat" SDP Qiziltepa tuman Kengashi raisi M.Eshmurodov hamda Qiziltepa tuman “Toza hudud” DUK xodimlari bilan birgalikda Furqat mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofida sanitariya holatini o‘rgandilar.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tomonidan O'rtaqo'rg'on mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI.
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
37-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi.
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy savodxonligi — muhim yo‘nalish

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati A.E. Sharipov tashabbusi bilan, Adolat SDP partiyasi hamkorligida tumandagi 339-maktabning 9–10-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kiberjinoyat va narkojinoyatdan himoyalanish” mavzusida ochiq suhbat hamda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📌 Tadbirda “Qalqon” MFY profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisi ishtirok etib, o‘quvchilarga internet tarmog‘idagi xavf-xatarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik holatlari va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berdi.

💬 Suhbat davomida:
🔹 feyk xabarlarni aniqlash,
🔹 internet xavfsizligi,
🔹 shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish,
🔹 Telegram’dagi firibgarlik usullari,
🔹 narkojinoyatlarning oldini olish masalalari yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.

🤝 Tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni turli tahdidlardan ogoh etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 1