Fidoyi ustoz bilan uchrashuv yoshlarni ezgu maqsadlarga chorladi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Xalq o‘qituvchisi, viloyat direktorlar kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, fidoyi ustoz Hamidjon Rahimov Oltiariq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 20-maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ustoz tomonidan yosh avlodga ilm olish, kitob mutolaasi, ustozga hurmat, milliy qadriyatlar hamda Vatanga sadoqat haqida qimmatli fikr va
tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ustozning hayotiy tajribasi va samimiy suhbatidan katta motivatsiya oldilar. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar qalbida unutilmas taassurot qoldirib, ularni ezgu maqsadlar sari ruhlantirdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy kamoloti, bilimga bo‘lgan intilishi hamda kelajakka ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.