DEPUTAT NAZORATI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov Saroy MFY hududida joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari bo'yicha nazorat olib bordi. O'rganish jarayonida ushbu maktab infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida yangilash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishga qaratilganligi tahlil qilindi. Ta’mirlash ishlari doirasida amalga oshirilayotgan asosiy yo‘nalishlar bo'yicha;
Maktab binosining ichki va tashqi qismlari to‘liq yangilanmoqda,Sport zali hamda sport maydonchalari rekonstruksiya qilinmoqda,O‘quvchilar uchun sanitariya-gigiyena sharoitlari yaxshilanmoqda Hudud obodonlashtirilib, yashil maydonlar tashkil etilmoqda.