Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Adolat SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani obodonlashtirish boshqamasiga yo‘llangan deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
So‘rovda “Sayram” mahallasi “Qalandar” ko‘chasidagi daraxt shoxlari elektr simlariga tegib qolishi va qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi oqibatida elektr tarmog‘ida muammolar yuzaga kelayotgani sababli daraxtlarga shakil berish hamda hududni obodonlashtirish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, bugungi kunda so‘rovda ko‘rsatilgan muammolar bartaraf etildi.