#Doimiy_komissiya_faoliyati
#Dk_qarori
Nosug‘orish mavsumi uchun cheklangan suv limitlari maqullandi
2026-yil 21-oktabr kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining DKQ03-04/100-26-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Payariq tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining 2026–2027-yillarda nosug‘orish mavsumida foydalanishi uchun cheklangan suv limitlarini tasdiqlash masalasi navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|