#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, 6-Qorasuv saylov okrugi deputati J. Raximqulov tomonidan saylov okrugidagi fuqarolarning murojaatlari va ijtimoiy muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida Qorasuv mahallasida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash holati tahlil qilindi.
Mahalla ijtimoiy xodimi Soatov Ilesning ma’lumotiga ko‘ra, yil boshida Qorasuv mahallasida 34 ta oila Ijtimoiy reyestrda bo‘lgan bo‘lsa, amalga oshirilgan manzilli ishlar natijasida hozirda ushbu oilalar soni 24 tani tashkil etmoqda.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15 ta oilaga kiyim-kechak, 7 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.
Bunday manzilli ko‘maklar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.