#Biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda hokimlik xodimi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|