Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov Nakurt mahallasida ko‘cha boshilari va mahalla oqsoqollari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla hayotidagi yangiliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova aholi bilan uchrashib, bandlik masalalari yuzasidan yaqindan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishida tumanda yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-Urtasaydov saylov okrugi deputati L.Djamolova yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi 78-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda hokimlik xodimi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov aholi kundalik hayotida eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning narx-navosi hamda bozorlarda mahsulotlar yetarliligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari S.Norboyeva va Z.Yusupova, tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, kotibiyat mudiri J.Axunov hamda doimiy komissiya raisi A.Maxammatov ishtirokida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lanishi masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganild
i

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan 33-son maktabgacha ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining sozligi, mavjud shart-sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

🏫 Shuningdek, muassasada mavsum davomida bolalar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va kuz-qish mavsumini muassasada barqaror hamda xavfsiz o‘tkazish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4