Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
2026-yil 21-oktabr kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining DKQ03-04/100-26-son qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov G‘allakor mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kelib tushgan deputat so‘roviga javoban, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lash tartibi tushuntirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Beshqorgon mahallasida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida asfaltlangan yo‘lning holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘roviga Payariq TETK mutaxassislari tomonidan berilgan javobga ko‘ra, Boshcho‘rosh mahallasining Boshcho‘rosh-2 qishlog‘ida transformatorga yuklama ortgani hamda elektr uzatish havo tarmoqlari eskirgani aniqlangan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova Tohirshayx mahallasida xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.
🏛 Kengash qarori bilan hokim qarorining farqi nimada?

Kengash qarori bilan hokim qarorining farqi nimada?

🤔 Ko‘pchilikda shunday savol tug‘ilishi mumkin:
“Kengash ham qaror qabul qiladi, hokim ham qaror qabul qiladi. Unda farqi nimada?”
Keling, buni oddiy misolda tushuntiramiz.

📌 Tasavvur qiling, hududda yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish yoki ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masala bor.
Bunday masalalarda Kengash va hokimlikning vazifasi bir xil emas.

🏛 Kengash — deputatlar orqali aholi manfaatlarini ifodalovchi vakillik organi. U qonunda belgilangan vakolatlari doirasida, jumladan, mahalliy budjet va hududni rivojlantirishga oid masalalarni ko‘rib chiqadi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi.

⚙️ Hokim esa — ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qiladi. Ya’ni qabul qilingan hujjatlar va belgilangan vazifalarning amalda bajarilishini tashkil etadi hamda o‘z vakolati doirasida qarorlar qabul qiladi.

💡 Sodda qilib aytganda:
Kengash — “qaysi masala va qanday yo‘nalishda ish olib borilishi kerak?” degan masalani o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqadi.

Hokimlik esa — “bu vazifani amalda qanday tashkil etish va bajarish kerak?” degan ijro jarayonini ta’minlaydi.

❗️ Lekin bu “Kengash faqat taklif beradi, hokim esa hamma qarorni qabul qiladi” degani emas. Har ikkala organning ham qonunda belgilangan alohida vakolatlari bor.

📖 Shuning uchun biror hujjatni ko‘rganda uning nomiga emas, kim tomonidan va qanday vakolat asosida qabul qilinganiga e’tibor berish muhim.

📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonun.