Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov, Kengashning 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova hamda tuman hokimligining ijro intizomi bo‘yicha mutaxassisi J.To‘qsonboyev ishtirokida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi
Muloqot davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)larini eshitishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Shuningdek, rahbarlarning hisobotlarini eshitish jarayonini tizimli tashkil etish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning ijrosini nazorat qilish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikrlar bildirildi