Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Kengashning 24 ta tavsiyasiga asosan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.
Xususan, deputat Andijon shahridagi 66-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida ta’lim tashkilotida mavsumni betalafot o‘tkazish uchun amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.