24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan «Mustaqillik» MFY bank agenti bilan muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahalla aholisiga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, aholining mavjud murojaatlari, kredit va moliyaviy xizmatlardan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, aholi uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.