#Deputat_sorovi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish UK direktori A.Ashurovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan masala yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda D-067 – 4R-48 “Zarafshon” avtomobil yo‘lining mazkur hududidan o‘tuvchi qismida bolalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘chma svetofor o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|