35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasida viloyat Kengashi deputatlari Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna, Yusupova Zebiniso Abdusattorovna hamda Norboyeva Sohiba Otakulovnalar ishtirok etishdilar.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti sessiya kun tartibida ko'rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 21-Zarafshond saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaqulov Shoxrux Urinovich nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Boshcho'rosh mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov tomonidan 17-Tomoyrot saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son "Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexkonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, Senat qarorlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilish davomida Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qarorlarni hududlarda sifatli va o‘z vaqtida ijro etish, deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlari va hisobotlarini tizimli tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

📂 Shuningdek, deputatlik so‘rovlarini tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar qarorlarini namunaviy shaklda yuritish, sessiyalarni belgilangan reglament asosida yuqori saviyada tashkil etish hamda hujjatlar ijrosini monitoring qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Yig‘ilishda deputatlar hududlarga o‘rganishga chiqqan vaqtida foydalanishlari uchun ishlab chiqilgan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyotini joriy etish muhimligi qayd etildi. Mazkur daftar orqali ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ijtimoiy obyektlar holati, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli qayd etib borish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi.

🔍 Muhokamalar davomida deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol va 162 ta muhim qonun asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimlashtirish hamda kotibiyat xodimlari tomonidan deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘makni yanada kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📝 Shuningdek, sessiyalar kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan sessiyadan oldin saylov okruglarida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazish, aniqlangan muammo va takliflarni kotibiyatga taqdim etish tartibini amalda samarali yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari, jumladan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” bilan ishlash amaliyotini foto va boshqa dalillar orqali tasdiqlab borish yuzasidan ham tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Bundan tashqari, deputatlarning o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, hududlardagi muammolarni birgalikda hal etish, namunaviy doimiy komissiya qarorlari asosida tizimli faoliyat yuritish hamda kotibiyat xodimlari tomonidan deputatlarga doimiy tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

📊 Yig‘ilish davomida kotibiyat xodimlarining hududlarda olib borayotgan amaliy ishlari ham tahlil qilinib, ularning deputatlar bilan birgalikda saylov okruglariga chiqishi, o‘rganishlarda bevosita ishtirok etishi, bajarilgan ishlarni aniq fakt va dalillar asosida rasmiylashtirib borishi, shuningdek, har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🔺 Shu bilan birga, tuman Kengashlarining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, e’lon qilinayotgan materiallar soni va sifati, deputatlar faoliyatini yoritish darajasi hamda hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar samaradorligi yuzasidan monitoring natijalari tahlil qilindi. Mas’ullarga axborot siyosati samaradorligini oshirish, postlar soni va sifatini ko‘paytirish, deputatlik faoliyatini keng va tezkor yoritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🗣 Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada faollashtirish, deputatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududlardagi muammolarni manzilli hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5